Surxondaryoda ayiq otib o‘ldirildi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda aholi yashaydigan hududga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi. Bunga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 15 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turarjoylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va unga jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, ayiq 74-sonli maktab hududiga ham kirgan.

“Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakati va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va yirtqich otib o‘ldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo ayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing