Surxondaryoda ayovsiz do‘pposlangan erkak o‘lib qoldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 55 yoshli erkak urib, do‘pposlanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 10 mart kuni soat 15:20 larda Jarqo‘rg‘on tumani IIB ga “Polvonlar yurti” MFYda yashovchi 55 yoshli Ernazar X. uyida to‘satdan vafot etganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 9 mart kuni soat 19:30 larda 39 yoshli Muxtor T. fuqaro Ernazar X.ni mast holatda yashash uyiga kelayotganini ko‘rib, u bilan janjallashib, tanasining turli joylariga tepib tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan ketib qolgan. Ernazar X. ariqda yiqilib yotganlini qo‘shnilari ko‘rib uyiga olib borib qo‘yishgan. Ernazar X. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muxtor T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

712

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing