Surxondaryoda ayol qizini tayoq bilan ayovsiz urdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan qizchaning holati aks etgan videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 22 aprel kuni soat 13:00 larda Denov tumanida yashovchi M.A. ismli ayol ko‘chaga o‘rtoqlari bilan o‘ynashga chiqqan X.S. ismli qizini chaqirgan. Qiz onasining chaqiruvini eshitsada, undan qo‘rqib yashiringan. Onasi qizini taxminan 40 daqiqa ko‘chadan qidirgan va qizi topilganidan keyin uni uyiga olib kirib, tayoq bilan urib kaltaklagan.

Hozirgi vaqtda qiz Denov tuman markaziy shifoxonada davolanib kelayotgani aytilmoqda.

“Ushbu holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi berilgan izohda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing