Surxondaryoda ayol bir necha ayollar tomonidan “samosud” qilindi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar qarzini bermagani uchun boshqa bir ayolni do‘pposlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 2022 yilning noyabr oyi oxirlarida Denov tumani “Bog‘ishamol” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro D.S. va 2003 yilda tug‘ilgan R.G. va X.N. ismli ayollar o‘rtalarida avvaldan mavjud bo‘lgan nizolari oqibatida janjal yeyelib chiqqan. Ushbu ikki nafar ayol D.S.ni mahalla hududida urib tan jarohati yetkazgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘quvchi qiz boshqa qizlar tomonidan “samosud” qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo samosud ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing