Surxondaryoda avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni yonib ketdi
3-sahifa
−
22 yanvar 2023
6883Surxondaryo viloyatida avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
“Bugun, 22 yanvar kuni soat 06:00da Jarqo‘rg‘on tumani, “Yangiobod” mahallasida joylashgan yakka tadbirkor T.R. ning avtomobil ehtiyot qismlari savdo do‘koni yonib ketgan. Do‘konning 65 kv.m shift qismi va ichidagi mahsulotlari yonib zararlangan”, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 06:07 voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni soat 07:40 da o‘chirgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
“Yong‘indan savdo do‘konning 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda”, qo‘shimcha qilinadi boshqarma xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Andijon tumanidagi choyxonalardan biri yonib ketgani haqida xabar bergan edik.