Surxondaryoda avtomagistral yo‘l va ayrim xonadonlarni sel bosdi

Jamiyat

image

Kecha, 8 noyabr kuni M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Surxondaryo viloyati Boysun tumani "Chilonzor" mahallasidan o‘tgan qismida sel-suv toshqinlari yo‘lning qatnov qismiga chiqib kelgan. Hozirda sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, yo‘ldagi loy-shag‘al aralashmasini tozalash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa joyiga tuman hokimligi, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari xodimlari yetib borishgan va vaziyat nazoratga olingan.

Hozirda sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, yo‘ldagi loy-shag‘al aralashmasini tozalash ishlari olib borilmoqda. Transport harakati tiklangan. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan yo‘l bo‘yida joylashgan ayrim xonadonlar va boshqa ob’ektlarda suv to‘plamlarini tozalash ishlari davom ettirilmoqda.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

“Joriy yilning 8-9 noyabr kunlari kuchli yomg‘irlar natijasida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgan bo‘lib, tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan zarur ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, sel-suv toshqinlari yuzaga kelganda tezkor shtablarning 101, 1050 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo sel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing