Surxondaryoda 8 nafar davlat xizmatchisi yig‘ilishda qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida byudjet va kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblangan 8 nafar davlat xizmatchisi yig‘ilish vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Surxondaryo viloyatida byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinishi, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlariga barham berish hamda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgan yig‘ilishda 8 nafar davlat xizmatchisi DXX tomonidan qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, byudjet va kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan 1 nafar sobiq bank xodimi va 7 nafar turli tashkilot xodimlari ehtiyot chorasi sifatida majlis jarayonida qamoqqa olingan.

Hozirda ularning ayrimlariga qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi “garov”ga o‘zgartirilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2091

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing