Surxondaryoda 5 mln so‘m qarz berib 128 mln so‘m talab qilganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
11:26 3576 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tovlamachilik jinoyati bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1986 yilda tug‘ilgan ikki nafar ayol Denov tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatga ko‘ra, arizachilardan biri shu tumanda yashovchi ayoldan 5 million so‘m qarzi bo‘lsa-da, qarz beruvchi 128 million so‘m talab qilayotganini, ikkinchi arizachi esa 13 million so‘m miqdorida qarz bo‘lishiga qaramasdan, 140 million so‘m talab qilayotganini bildirgan.
Bundan tashqari, qarz beruvchi arizachilardan pulni undirish maqsadida Denov tumanida istiqomat qiluvchi erkakni yollagan, yollangan erkak esa pulni tayyorlab bermasa, qarz oluvchilarning hayotiga nuqta qo‘yish bilan tahdid qilgan.
Mazkur arizaga asosan joriy yilning 15 may kuni viloyat hamda Denov tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylarning yonida tezkor tadbir o‘tkazilganda, gumondor shaxslar o‘zaro til biriktirib, tovlamachilik yo‘li bilan 20 million so‘m pulni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan gumondorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida kuyovini o‘ldirish uchun qotil yollagan amma ushlangan edi.
Live
Barchasi