Surxondaryoda 40 ta uyni sel bosdi

Jamiyat

image

Kecha, 5 may kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi ortidan sel oqimi yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 23:00 da Uzun tumani tog‘ va adirliklarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida “Mustaqillikning 22 yilligi” MFY “Toshtepa” qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “O‘rta ariq” kanalida suv miqdori me’yoridan oshib ketishi natijada kanaldan toshib, unga yaqin joylashgan 40 ga yaqin aholi uylari, tomorqalari va “Dehqon” mahallasida 15 ta aholi tomorqalariga kirgan.

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Toshtepa” qishlog‘idagi 40 ta xonadonlardan 230 dan ortiq fuqarolar viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, Ichki ishlar, Milliy Gvardiya hamda viloyat Hokimiyati mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tumanda joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabiga vaqtinchalik ko‘chirib o‘tkazilgan.

Hodisa oqibatida aholini tan jarohat olishi holatlari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vaziyatni nazoratga olgan.

Qayd etilishicha, voqea joyida xonadonma-xonadon yurib, holatning ko‘lami va talofatlarni aniqlash, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sel

Baholaganlar

211

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing