Surxondaryoda 4 ballik zilzila sezildi
Jamiyat
−
11:19 1949 1 daqiqa
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Bugun, 19 dekabr kuni soat 10:39 da Afg‘onistonda hududida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 551 km janubi-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, 206 km.
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 417 km.
- Samarqand viloyatida 3 ball, 423 km.
- Jizzax viloyatida 2-3 ball, 441 km.
- Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 467 km.
- Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 502 km.
- Navoiy viloyatida 2-3 ball, 542 km.
- Toshkent shahrida 2-3 ball, 550 km.
- Namangan viloyatida 2-3 ball, 561 km.
- Andijon viloyatida 2-3 ball, 564 km.
Magnituda: 6. Chuqurligi: 105 km.
Live
Barchasi