Surxondaryoda 3000 yillik shahar qoldiqlari topildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Xitoy arxeologlari Surxondaryo viloyatida taxminan uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy shahar qoldiqlarini topdi. Bu haqda “Heritage Daily” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bandixon II arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida olimlar miloddan avvalgi X asrda barpo etilgan va VIII asrgacha mavjud bo‘lgan aholi manzili izlarini aniqlagan.

Mutaxassislar bu topilma ilk temir davridagi aholi punktlari qanday qurilgani va qanday vazifalarni bajarganligini tushunishga yordam berishini ta’kidlagan.

Yodgorlikning sharqiy qismidagi qazishmalar ham quyi madaniy qatlamlar aynan shu davrga tegishli ekanini tasdiqlaydi. Bu joy Bandixon vohasidagi eng yirik va yaxshi saqlangan turarjoy majmualaridan biri hisoblanadi. Surxondaryo viloyati O‘zbekistondagi eng boy arxeologik hududlardan biri bo‘lib, bu yerda ko‘plab temir davriga oid yodgorliklar mavjud. 

Olimlarning fikricha, topilgan me’moriy qoldiqlar va artefaktlar orqali qadimgi odamlarning kundalik hayoti, ijtimoiy munosabatlari va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bu manzilgoh Markaziy Osiyodagi qadimgi savdo yo‘llari va madaniy aloqalarda muhim o‘rin tutgan bo‘lishi mumkin.

Esaltib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti arxeologlari tomonidan Toshkent viloyati hokimligi homiyligida amalga oshirilayotgan arxeologik qazishmalarning navbatdagi kunida noyob topilma – milodiy 10-11 yuz yilliklarga oid devoriy suratlar aniqlangandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo shahar 3000 yillik qoldiqlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing