Surxondaryoda 3 yigit suvga cho‘kib, halok bo‘ldi
3-sahifa
−
17:05 3407 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 18 yoshli 3 yigit daryoga cho‘kib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanining “Namuna” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi daryoga mazkur mahallada istiqomat qiluvchi 2008 yilda tug‘ilgan olti nafar yigit cho‘milish maqsadida borgan. Yigitlardan biri suvga tushmagan. Qolgan besh nafar yigit esa cho‘milish uchun daryoga tushgan. Lekin kuchli oqim sabab ular cho‘kib ketgan. Atrofda bo‘lgan fuqarolar ikki yigitni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan, ammo uch nafar yigit oqib ketgan.
Bildirilishicha, o‘sha kunning o‘zida maxsus qutqaruv xizmati g‘avvoslari tomonidan bir nafar fuqaroning jasadi suvdan chiqarib olingan hamda 9 iyun kuni yana bir nafari topilgan. Hozirgi kunda yana bir fuqaroning jasadini qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida unda bo‘lgan bir kishi cho‘kib ketgandi.
Live
Barchasi