Surxondaryoda 3 erkak shifokorni kaltakladi
3-sahifa
−
01 noyabr 2022
8294Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan shifokor 3 nafar fuqaro tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yil 27 oktyabr kuni soat 15:20 larda Angor tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limida it tishlagan bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotgan shifokor J.E.ning huzuriga 3 nafar fuqaro salomatligi to‘g‘risida ma’lumotnoma yozib berishini so‘rab kelgan.
Shifokor ularga qabulidagi bemorga yordam ko‘rsatayotganini, ma’lumotnomani esa shundan so‘ng yozib berishini aytgan. Bundan norozi bo‘lgan fuqarolar vrach J.E.ni ayovsiz do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar davomida shifokor J.E.ga “bosh miya yopiq jarohati, og‘iz pastki lab yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, o‘ng son yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va teri osti gematomasi, qorin bo‘shlig‘i a’zolari lat yeyishi, kuchli qontalash” tashxisi qo‘yilgan.
Hozir tibbiyot xodimiga tajovuz qilgan ushbu fuqarolarga nisbatan Angor tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi