Surxondaryoda 25 yoshli yigit 3-sinf o‘quvchisini zo‘rladi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 25 yoshli yigit 3-sinfda o‘qiydigan bolani zo‘rladi. Bu haqda "Sputnik" xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joriy yilning iyun oyida sodir bo‘lgan. 25 yoshli yigit Sho‘rchi tumanida yashovchi qishloqdoshi 11 yoshli bolani maktab hojatxonasiga olib borib, zo‘rlagan. Bola hodisadan so‘ng uyiga yig‘lab borgan va uning anusi qonab yotgan bo‘lgan. Bola darhol shifoxonaga olib borilgan. Lekin u yerda olib qolinmagan. Keyinchalik bola o‘tira olmaydigan bo‘lib qolgan va bir oyog‘i oqsab, umurtqa qismi og‘riydigan bo‘lib qolgan. 

Manbada, voqeaga o‘quvchining onasi va u bilan bir qishloqda yashovchi erkak o‘rtasidagi maishiy janjal sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Voqea sodir bo‘lishidan bir oy avval 25 yoshli yigitning qarindoshi bolaning onasi bilan janjallashgan va o‘shanda erkak ayolga sharmanda qilib, yuzini yerga qaratib qo‘yish bilan dag‘dag‘a qilgan. Ayol yolg‘iz holda bolasini tarbiyalab kelgan. 

Holat yuzasidan sud bo‘lib o‘tgan va uning qaroriga ko‘ra yigit 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ona ushbu qarordan norozi ekanini, yigit qamoqdan erta chiqib kelsa ularga yana zug‘um qilishi mumkinligidan havotirda ekanini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo zo'rlash

Baholaganlar

6288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing