Surxondaryoda 25 mlrd so‘mlik kreditni talon-toroj qilgan tadbirkorlar ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida soxta hujjatlar yordamida 25 milliard so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.K.“ MCHJ ta’sischisi Sh.Sh. va boshqalar tijorat banklaridan birining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan “I.“ MCHJ o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan garovda bo‘lgan bino va inshootlarni soxta hujjatlar orqali takroran garovga qo‘ygan.

Shundan so‘ng ular Andijon viloyatidagi tijorat banklaridan biridan 25 milliard so‘m kredit ajratilishiga erishib, mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda qalbakilashtirilgan guvohnoma va ma’lumotnomalar yordamida 12 nafar fuqaro nomiga jami 783 million so‘mlik kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing