Surxondaryoda 20 kg opiyni $140 000 ga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
03 iyun 2022
4754Surxondaryoda 20 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini 140 000 AQSH dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati IIBga Denov tumanida yashovchi “Bobo” ismli shaxs tuman hududida katta miqdorda giyohvandlik moddasining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Ushbu ma’lumot asosida joriy yilning 25 may kuni “Qoradori–2022” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda mijoz sifatida 2 nafar vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari 140 000 AQSH dollari evaziga I.B.dan 20 kg opiy giyohvandlik moddasini sotib olish uchun Denov tumanidagi kafelarning birida uchrashgan.
I.B. mijozlarning pulini ko‘rgach, ishonch hosil qilib, opiyni olib kelib berishini ma’lum qilgan.
Ertasiga 26 may kuni esa soat 03:30 da Denov tumani hududida 20 ta skotch o‘ramga maxsus qadoqlangan opiy moddasini yashash uyidan olib, belgilangan joyga kelayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ko‘lga olingan.
Shundan so‘ng, 20 dona o‘ramdagi giyohvandlik moddasi daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yil 26 may kuni I.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi