Surxondaryoda 16 yoshli yigit opasini urib o‘ldirdi
3-sahifa
−
14 avgust
14618Surxondaryo viloyatida 16 yoshli o‘smir opasini yigitlar bilan uchrashib yurganlikda ayblab, uni urib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 11 avgust kuni Muzrabot tuman IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan A.D. “yigitlar bilan munosabatga kirishib yurganligi” vaji bilan 2006 yilda tug‘ilgan opasining boshiga va tanasining turli joylariga tayoq va metall jism bilan urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda qiz voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 11 avgust kuni Muzrabot tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq singlisiga sevishini aytgan bolani “samosud” qilgan erkak qamalgandi.
LiveBarchasi