Surxondaryoda 13 tonna chigit o‘g‘irlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 12 929 kilogramm chigit o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, 45 yoshli X.A. Qumqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i nomiga aloqa xati orqali yo‘llagan murojaatida joriy yilning aprel oyi boshlarida va 1 may kunidan 2 may kuniga o‘tar kechasi unga tegishli Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan MCHJ omborxonasida saqlanayotgan, hosil uchun tarqatilishidan qolgan jami 12 929 kilogramm dorilangan chigit mahsulotlari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqarolar — 29 yoshli M.Sh., 33 yoshli T.O., X.A. va 27 yoshli X.U.lar sodir etganlari aniqlanib, hujjatsiz paxta chigitini ajratish sexi, 67 kilogramm paxta mahsuloti va jami 624 kilogramm dorilangan chigit mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-modda 2-qismi “v”, “g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing