Surxondaryoda haydovchi Damas'da 25 nafar bolani olib ketayotgani aniqlandi (video)
Jamiyat
−
11 iyun 2022
9720Surxondaryo viloyatida Termiz tumanida M-39 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining “Yangi hayot” MFY hududidan o‘tuvchi qismida haydovchi Damas rusumli mashinaga 25 nafar bog‘cha yoshidagi bolani ortib olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
Haydovchi bolalarni uyiga olib borish uchun ketayotgan bo‘lgan.
Haydovchi YPX xodimining “nechta odam ortgansiz”, degan savoliga “25 nafar”, deb javob qaytargan. Xodim odamlar farzandini ishonib topshirganini, bolalarni bunday tashish xatarli ekanini aytgan.
Shundan so‘ng YPX xodimi bolalarning tarbiyachisiga ularni olib ketishni ota-onalarning o‘ziga yuklash kerakligini aytib o‘tgan. Xodim Damas avtobus emasligini, mashina odam tashishning qoidasi borligini ta’kidlagan.
Bunga javoban tarbiyachi ishlashimiz kerak-ku degan. Tarbiyachiga ko‘ra, u shunday qilib bolalarni tarbiyalashga olgan. Bolalar xavfsizligini esa ularni olib kelib, olib ketuvchi haydovchi ta’minlaydi.
Damas haydovchisi avtomobilning old eshigiga ruxsatsiz qoraytirilgan parda o‘rnatgani uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasiga (ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish) asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
LiveBarchasi