Surxondaryoda ham “zapravka” portlab ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 13 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 12:58 da tumanning “Oqqo‘rg‘on” MFY Jarqishloq hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan yoqilg‘i saqlash rezervuarga yoqilg‘i to‘kish vaqtida texnologik jarayon buzilgan va oqibatda chaqnash ro‘y berib, yong‘in kelib chiqqan.

Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:07 da hodisa joyiga yetib borib, soat 13:08 da yong‘in qurshab olingan va soat 13:16 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hozirda chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va vafot etganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “zapravka”da yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi. Yong‘in oqibatida KIA Bongo, Damas va Gentra rusumli avtomobillar zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing