Jomboyda “zapravka” bilan qo‘shilib 3 ta mashina yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
11 avgust 10423 1 daqiqa
Kecha, 10 avgust kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “zapravka”da yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 22:00 da Jomboy tumani “Shayman” MFY hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shaxobchasi hududida avtomobillarda yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da qurshab olingan va soat 22:30 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida KIA Bongo, Damas va Gentra rusumli avtomobillar zararlangan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar tushmagan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingan edi. Yong‘in 2 soatdan ortiq vaqt davomida to‘liq o‘chirilgan.
Live
Barchasi