Surxondaryo viloyatiga prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2024 11945 1 daqiqa
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Bekovich Bobojonov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Bobojonov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2019 yilning 19 sentyabridan Surxondaryo viloyati prokurori sifatida faoliyat yuritgan adliya katta maslahatchisi Sadriddin Abdullayevich Turdiyev lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ma’rufxon Xo‘jayev “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangandi. Shu oyda adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Sentyabrda esa adliya katta maslahatchisi Isroil Adhamov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 24 oktyabrda esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Murodulla Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025