Surxondaryo viloyat SSBga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston
−
18 Dekabr 2020 16428 1 daqiqa
Cog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyevning tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi lavozimida ishlab kelgan Komil Murtazayevich Abdivoxidov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Komil Abdivoxidov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filiali direktori, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i va boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi boshliq tayinlangandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr