Surxondaryoda Cobalt maktab o‘quvchilarini urib ketdi. 12 yashar bola vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida Cobalt haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan yosh bolalarni urib yubordi. Holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 17 may kuni Muzrabot tumani "Darband" MFY hududidan o‘tuvchi 4R-110 avtomobil yo‘lining 79-kilometrida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi M.B. o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt'da tezlikni oshirib, o‘rnatilgan svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanadi.

Oqibatda, mashina yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib o‘tmoqchi bo‘lgan 3 nafar voyaga yetmagan bolalardan ikki nafarini turtib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2012 yilda tug‘ilgan R.M. olgan tan jarohati bilan tuman Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Qolgan ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning salomatligi yaxshi, hozirda yashash xonadonida.

Ushbu holat yuzasidan Muzrabot tumani IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing