Surxondaryo hokimligi paxta terimidagi “uddaburonlik” bo‘yicha raddiya berdi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda fermerlar paxta planini bajarish uchun tirkamaga 10 nafar odam ortib o‘lchatgani haqida xabar va video tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, videolavhada namoyish etilgan holat shu kunning o‘zida o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida mavsum boshidan buyon viloyatdagi mavjud paxta qabul qilish punktlarining birortasida tirkamasi (pritsepi) raqami 4512 bo‘lgan traktor qabul qilinganligi, traktorlar tirkamasida ortilgan paxta ichidan odam tushib kelishi holatlari aniqlanmadi.

Shularni inobatga olib, viloyat hokimligi videolavhada aks etgan holat Surxondaryo viloyatida bo‘lganini qat’iy rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo paxta terimi

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing