Surxondaryo hokimi Bahodir Jalolovni 200 mln so‘m bilan mukofotladi

Jamiyat

4937e73c0a1429a052d05

9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionati oltin medali sovrindori, chempionatning eng yaxshi sportchisi deb topilgan vohadoshimiz Bahodir Jalolov Surxondaryoga bordi.

Chempionni Termiz xalqaro aeroportida viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib olishdi.

Yoshlar markazida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sport federatsiyalari mutasaddilari, murabbiylar hamda sportchi yoshlar ishtirokida uyushtirilgan tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov “O‘zbekiston iftixori” unvoni sohibi Bahodir Jalolovning nufuzli chempionatda erishgan g‘alabasi, sportdagi yutuqlarini e’tirof etib, 200 million so‘m pul mukofoti va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi Bahodir Jalolovga boks bo‘yicha jahon chempionatidagi munosib ishtiroki uchun qo‘mondonlik tomonidan leytenant unvoni berilganligi aytildi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 1994 yilning 8 iyulida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo boks Bahodir Jalolov

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing