Surxonda 25 yashar o‘qituvchi o‘quvchi qizni zo‘rlagani aytilmoqda. Viloyat IIBB munosabat bildirdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxonda o‘qituvchi voyaga etmagan qizni zo‘rlab, uyatsiz videolarini internetga tarqatdimi!?” nomli video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Boysun tumani “Dubay” mahallasida yashovchi (joy nomi va shaxslarning ismi sharifi o‘zgartirilgan) fuqaro Nurali Akramov Boysun tuman IIBga yo‘llagan arizasi yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilgan. 

Tekshiruv  harakatlari natijasiga ko‘ra, joriy yilning 25 sentyabr kuni soat 22:00 lar chamasida tumaning “Dubay” mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan, tumandagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi Nizom Bahodirovich Soatov shu mahallada yashovchi voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan (17 yosh) Farida Nurali qizi Tosheva bilan mahalla hududidagi bog‘da uchrashib, voyaga yetmagan Toshevaga nisbatan uyatsiz, buzuq, g‘ayri-ijtimoiy harakatlar qilib, ushbu holatni o‘ziga tegishli uyali telefon apparatiga videotasvirga olgan. Oradan 3 kun o‘tib, yigit videoni mahalla fuqarolarining “Dubay” nomli Telegram guruhiga tarqatib, voyaga yetmagan Farida Toshevaning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish orqali qasddan tahqirlab, haqorat qilgani aniqlangan.

Sudga oid tibbiy-ekspertiza tekshiruvi bo‘yicha, voyaga yetmagan Farida Toshevaga nisbatan zo‘rlik ishlatib, nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish alomatlari aniqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 11 noyabr kuni Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro Nizom Bahodirovich Soatov harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish orqali qasddan tahqirlab, haqorat qilish)da nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Nizom Soatovning tanasida biror bir tan jarohati yoki undan qolgan izlari mavjud emasligi aniqlangan.

Viloyat IIB tomonidan fuqaro Nizom Soatovga nisbatan Boysun tumani IIB xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligini aniqlash maqsadida, xizmat tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

813

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing