Suriyaning AQSHdagi elchixonasi qayta ochiladi

Olam

image

Bugun, 16 dekabr kuni Suriyaning Vashingtondagi elchixonasi qaytadan o‘z faoliyatini boshlaydi.  Bu haqda Suriya telekanali xabar berdi.

“Vashingtonda Suriya elchixonasining ochilishi bugun bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Eronning Damashqdagi elchisi Husayn Akbariy ham Eron davlat televideniyesi orqali chiqish qilib, Eronning Suriyadagi elchixonasi va konsulligidagi ishlarning qayta tiklanishi mumkinligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Suriyaning yangi rasmiylari” hamkorlik qilishga tayyorligini ko‘rsatgan va u tezroq normal faoliyatga qaytishga umid bildirgan.

Ma’lumot uchun, 2014 yilning mart oyida Qo‘shma Shtatlar Suriya bilan diplomatik aloqalarni va Suriyaning mamlakatdagi elchixonasi va konsulliklari faoliyatini to‘xtatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 8 dekabrga o‘tar kechasi qurolli muxolifat Damashqqa kirib kelib, Asad rejimini qulatgan edi. Shundan so‘ng Bashar Asad mamlakat poytaxtini samolyotda tark etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing