Suriyadan olib kelingan samarqandliklar uylariga qaytdi
Jamiyat
−
11 yanvar 2021
7110O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita nazorati ostida 2020 yilning 8 dekabr kuni “Mehr-3” operatsiyasi orqali 98 nafar o‘zbekistonlik ayollar va bolalar Vatanga qaytarilgandi. Ularning 25 nafari ayol va 73 nafari bolalardan iborat edi. Qaytarilganlar orasida 4 nafar samarqandlik ham bor bo‘lgan.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, ularga barcha ijtimoiy-huquqiy, tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatilgan va z uylariga kuzatilgan.
“Bugun ular Toshkentdan viloyatimizga olib kelinib, uylariga kuzatildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Mehr” operatsiyasi ilk marta 2019 yilning may oyida o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan Vatanga qaytarilgan. Ular 30 may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelingan.
Shuningdek, “Mehr-2” operatsiyasi o‘tgan yilning oktyabr muvaffaqqiyatli yakunlangan. 10 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan o‘zbekistonlik 64 nafar begunoh bola maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelingandi. Iroq davlati hukumati va YUNISEF Xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda ona Vataniga qaytarilgan bu bolalar Iroq davlati hududida og‘ir sharoitda yashayotgan edi.
“Mehr-2” insonparvarlik amaliyoti doirasida olib kelingan 39 o‘g‘il va 25 qiz bolaning orasida 14 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan hamda 2 nafar ota-onasidan ayrilgan jajji bola bor edi.
LiveBarchasi