Suriyadagi jihodchilar etagidan tutgan Toshkentdagi “Oxford” universiteti talabasi qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Toshkentda xalqaro terroristik guruh ta’siriga tushib qolib, Telegram'da ularning g‘oyalarini targ‘ib qilgan va Suriyaga ketishni rejalashtirgan 20 yoshli va ikki nafar 18 yoshli yigitlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ish bo‘yicha sud majlisi o‘tkazilgan. Sud qaroriga ko‘ra, yigitlar ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, yigitlar Suriya va Arab respublikasida faoliyat yuiritayotgan terroristik tashkilot safiga qo‘shilib, jihod qilish istagida bo‘lgan. Yigitlarning aytishicha, terroristik guruhlar shaxsiy kanallarida o‘z qilayotgan ishlarini targ‘ib qilishadi, ayollar hamda bolalarga yordam berish kerakligini uqtirishadi. Shuningdek, kanalga turli xil diniy-ekstremistik videolar va ma’ruzalar tashlab borilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, yigitlardan biri 2001 yilda tug‘ilgan “Oxford” universitetining Toshkent shahridagi filiali talabasi, ikki nafari esa 2003 yilda tug‘ilgan Namangan viloyati maktablaridan birining o‘quvchilari. 

Ta’kidlanishicha, ushbu yigitlar ham Telegram'da o‘zlarining shaxsiy kanalllarini ochib, to‘plagan 300 ga yaqin obunachilarini jihod qilishga hamda Suriyada qiynalayotganlarga yordam berishga undagan. Qolaversa, ular internetdan topgan tanishidan Suriyaga ketish tartibi, yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgangan va O‘zbekiston orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga ketishni reja qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida yigitlarga nisbatan hukm chiqarildi. Sud hukmiga ko‘ra, yigitlardan biriga 5 yil-u 6 oyga, qolgan ikki nafariga esa 6 yilga qamoq jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

608

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing