Suriyadagi urush sanoatga qancha zarar yetkazgani hisoblandi

Olam

image

Urush boshlanganidan beri Suriya davlat va xususiy sektor sanoatiga yetkazilgan zarar 23,5 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Suriya Sanoat vaziri Ziyod Sabbag‘ RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.  

“Xususiy va davlat sektoriga yetkazilgan zarar 2019 yil oxirida 23,5 milliard dollardan ortiqni tashkil qildi”, degan Sabbag‘. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, asosan neft sanoatining ishlab chiqarish ob’ektlari vayron bo‘lgan. 

“Ammo bundan tashqari, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan va fuqarolar hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan oziq-ovqat va dori-darmon ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sanoat ob’ektlarini yo‘q qilish bo‘yicha maqsadli harakatlar amalga oshirildi”, deya qo‘shimcha qilgan u. 

Sabbag‘ birinchi navbatda, xususiy va davlat fabrikalari terrorchilar tomonidan deyarli butunlay vayron qilingan va talon-toroj qilingan Halab viloyatida to‘qimachilik sanoatiga jiddiy zarar yetkazilganini qayd etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Suriyada qurolli mojaro 2011 yildan beri davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya urush

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing