Suriyadagi Rossiya harbiy bazalari masalasi YeIga tegishli emas – Mariya Zaxarova

Olam

image

Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari masalasi Moskva va Damashq o‘rtasidagi muloqot doirasida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Suriyadagi Rossiya harbiy bazalari masalasi Yevropa Ittifoqiga tegishli emas, bu faqat Moskva va Damashq o‘rtasidagi muloqot doirasida ko‘rib chiqiladi”, degan Zaxarova.

Joriy yilning 16 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Kaya Kallas YeI Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqining Suriyaning yangi hukumat bilan muloqoti sharti Rossiya bazalarini olib chiqib ketish bo‘lishini, shuningdek, Eron va Rossiya arab respublikasining kelajagini qurishda hech qanday rol o‘ynamasligi kerakligini takidlagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 noyabr kuni qurolli muxolif guruhlar Suriya armiyasining Halab va Idlib viloyatlaridagi pozitsiyalariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlab, 8 dekabr kuni Damashqqa kirgandi. Muhammad al-Bashir joriy yilning 10 dekabr kuni 2025 yil 1 martgacha davom etadigan o‘tish davrida Suriya hukumati rahbari etib tayinlandi. Shundan so‘ng Rossiya bazalarining kelajagi masalasi so‘roq ostida qolgandi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya o‘z qo‘shinlarini Suriya shimolidagi front chizig‘idan va Alaviy tog‘laridagi postlardan qaytarib olayotgani xabar qilingandi. Ammo rossiyaliklar mamlakatdagi ikkita asosiy bazani tark etmayotgani aytilgandi..

Diyorjon Quvondiqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Suriya EI Mariya Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing