Suriyadagi AQSH harbiy bazasi o‘qqa tutildi

Olam

image

Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida AQSH harbiy bazasiga raketalar bilan hujum qilindi. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Furot daryosining g‘arbiy sohilidagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar Amerika qo‘shinlari joylashgan Koniko gaz zavodidagi bazani raketa bilan o‘qqa tutgan. Amerika havo hujumidan mudofaa tizimlari 2 ta raketani nishonga yetmasidan oldin yo‘q qilgan. Yana bir raketa baza yaqiniga qulagan.

Bunga javoban, bazada joylashgan Amerika qo‘shinlari Furot daryosining g‘arbiy sohilidagi Xashsham shahrida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar pozitsiyalariga raketa hujumi uyushtirdi.

AQSH hozircha bu hujum yuzasidan bayonot bergani yo‘q.

Yil boshidan beri Amerikaning Xasaka va Dayr-az-Zordagi harbiy bazalari tez-tez raketa hujumlariga uchramoqda va kelib chiqishi noma’lum kamikadze dronlari tomonidan hujumlar uyushtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4 yanvar kuni “Hizbulloh al-Nujaba” harakati qo‘mondonlaridan biri Abu Taqva Bag‘dodda Amerika uchuvchisiz uchoqlarining zarbasi oqibatida halok bo‘lgan, yana kamida olti kishi yaralangan edi. Taqva harakatning 12-brigadasini boshqargan va ayni paytda Iroq militsiyasi “Al-Hashd ash-Shabi”ning tarafdori edi. 2023 yilning 26 dekabrida AQSH Markaziy qo‘mondonligi Iroq va Suriyadagi koalitsiya kuchlariga qarshi hujumlarga javoban Iroq hududidagi “Kataib Hizbulloh” nishonlariga hujum qilganini e’lon qildi. O‘shanda Iroq hukumati AQSHning respublikadagi nishonlarga zarbalarini mamlakat suverenitetini buzuvchi dushmanlik harakati sifatida baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya harbiy baza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing