Suriyada zilzila qurbonlari 2500 ga yaqinlashdi
Olam
−
08 fevral 2023
3436Suriya shimolidagi viloyatlarda yuz bergan zilzilada halok bo‘lganlar soni 2500 kishiga yetdi va 3894 kishi yaralandi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Suriyaning SANA davlat axborot agentligi xabar berishicha, hukumat nazoratidagi Aleppo, Latakiya, Xama, Idlib va Tartus viloyatlarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 812 kishi halok bo‘lgan.
“Bu raqamlar sezilarli darajada oshishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, BMTning gumanitar yordam bo‘yicha sobiq koordinatori Yan Egelann Suriyadagi siyosiy vaziyatni hisobga olib, hech qanday holatda Suriyadagi siyosiy mojaro tomonlariga pul o‘tkazmaslikni maslahat bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida va Suriyaning bir qancha viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
Hozirga qadar kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni Turkiyada 6234 nafarga yetgan. Shuningdek, 37 ming 11 kishi jarohatlangan.
LiveBarchasi