Suriya yirik portlashdan keyin elektr energiyasisiz qoldi
Olam
−
24 avgust 2020
8194Suriya Arab Respublikasi mamlakat poytaxti Damashq chetida gaz quvuri portlagandan keyin elektr energiyasi ta’minoti uzilib qoldi.
“Damashq viloyatidagi Dumayra va Adri tumanlari orasida Arab gaz quvurining portlashi butun Suriyada elektr tu’minoti o‘chirilishiga olib keldi”, degan Elektr energiya vaziri Zuxeyr Xarbutli.
Neft va mineral resurslar vaziri Ali Ganem mamlakatning janubiy viloyatlarini ta’minlovchi gaz quvurining portlashi terrorchilik akti bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uchta elektr stansiyasi ishdan chiqqan. Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Ta’minot sekinlik bilan tiklanyapti.
Yaqin soatlarda butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti tiklanadi.
LiveBarchasi