Suriyada Asad ag‘darilganidan keyingi ilk parlament saylovi o‘tkaziladi
Olam
−
22 Sentabr 1909 1 daqiqa
Suriyada mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asad hukumati ag‘darilganidan keyin birinchi parlament saylovlari joriy yilning 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda SANA xabar berdi.
Milliy assambleyaga saylovlari o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror iyun oyida Oliy saylov qo‘mitasini tuzgan muvaqqat prezident Ahmad al-Shara tomonidan joriy yil boshida e’lon qilingan konstitutsiyaviy deklaratsiya va farmonlarga muvofiq qabul qilingan. Saylovlar 60-90 kun ichida parlamentni shakllantirish uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik, bilvosita saylov tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi.

210 nafar parlament a’zosidan 140 nafarini saylash uchun ovoz berish Suriyaning viloyatlari bo‘ylab saylov okruglarida bo‘lib o‘tadi, qolgan 70 nafarini Ahmad al-Shara tayinlaydi. Avgust oyida As-Suvayda, Hasakah va Raqqadagi saylovlar xavfsizlik nuqtai nazaridan qoldirildi.
Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad 14 yillik fuqarolar urushidan so‘ng 2024 yil 8 dekabrda Damashqqa qurolli muxolifat kuchlari kirib borganidan so‘ng iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi. Suriyani 20 yildan ortiq boshqargan Bashar Asad Rossiyaga qochib o‘tdi. Kreml esa rasmiy ravishda unga “gumanitar maqsadda” siyosiy boshpana berganini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etish uchun Vashingtonga bordi. Suriya televideniyesi ma’lumotlariga ko‘ra, bu Suriya prezidentining 1967 yildan beri AQSHga ilk rasmiy tashrifidir.
Live
Barchasi