Suriyada amerika bazasiga raketa hujumi uyushtirildi
Olam
−
23 noyabr 2021
6242Suriya shimoli-sharqidagi Al-Hasika viloyatidagi AQSH bazasi raketa hujumiga uchradi. Bu haqda SANA davlat agentligi mahalliy manbalarga tayanib, xabar bermoqda.
Ularga ko‘ra, “Harrab al-Jayr” bazasiga beshta raketa uchirilgan. Harbiy inshoot atrofida vertolyotlar aylanib nazorat olib boryapti. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Kecha o‘sha provinsiyadagi qishloqlardan birida mahalliy aholi Amerika harbiy karvoni mashinalarining o‘tishiga yo‘l qo‘ymay, ularni toshbo‘ron qilgandi. O‘tgan haftada xuddi shunday voqea Tel-Zaxab qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.
AQSH harbiylari Suriya shimoli va shimoli-sharqidagi hududlarni - eng yirik neft va gaz konlari joylashgan Dayr-az-Zor, Al-Hasaka va Raqqa viloyatlaridagi hududlarni nazorat qiladi. Suriya hukumati bir necha bor amerikaliklardan mamlakatni tark etishni talab qilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15