Suriyada AQSH elchicining qarorgohi qayta ochildi

Olam

image

Bugun, 29 may kuni Damashqda uzoq yillardan beri yopiq holda turgan AQSH elchisining qarorgohi qayta ochildi. Bu haqda SANA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiyadagi AQSH elchisi va bir vaqtning o‘zida Suriyadagi maxsus elchi sifatida tayinlangan Tomas Barrak elchixona qarorgohining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Damashqqa kelgan. Marosimda qarorgohdagi AQSH bayrog‘i yuqoriga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, AQSH o‘zining Damashqdagi elchixonasini 2012 yilda yopgan. Bu qaror o‘sha paytdagi prezident Bashar Asadga qarshi boshlangan norozilik namoyishlari kuch bilan bostirilganidan so‘ng, mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishi ortidan qabul qilingan.

Tom Barrakning tashrifi va Amerika bayrog‘ining ko‘tarilishi AQSH va Suriyaning yangi rahbariyati o‘rtasida munosabatlar ijobiy tomonga o‘zgarganini ko‘rsatuvchi muhim ramziy voqea sifatida ko‘rilmoqda.

Qayd etish joiz, dastlab Vashington Damashqdagi yangi rahbariyatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashayotgandi. Biroq so‘nggi haftalarda Donald Tramp boshchiligidagi AQSH ma’muriyati mintaqadagi ittifoqchilari – Saudiya Arabistoni va Turkiya bilan hamkorlikda Suriyaga nisbatan ochiqlikni oshira boshladi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida Tramp Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan Ar-Riyodda kutilmagan uchrashuv o‘tkazdi va undan so‘ng AQSH Asadlar sulolasi davrida joriy etilgan sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Damashq AQSh elchici Tomas Barrak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing