Suriyada 2 nafar askar terrorchilar tomonidan o‘ldirildi
Olam
−
18 yanvar 2021
4326Suriya janubidagi El-Kuneytra shahri chetidagi Suriya armiyasining nazorat punktiga qilingan qurolli terroristik hujumda ikki askar halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Watan” gazetasi xabar bermoqda.
Hodisa 17 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Hujum paytida jangarilar nazorat punkti yaqinida bomba portlatgan, so‘ngra Suriya armiyasiga qarata o‘q otgan. Vafot etgan askarlardan tashqari, yana ikki kishi jarohat olgan, ular shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 yanvar kuni terrorchilar Suriyaning Xama viloyatida uchta avtobusni o‘qqa tutdi. Salamiya–Itriya yo‘nalishida yo‘lovchi avtobusiga qilingan hujum oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va yana to‘rt kishi jarohat oldi.
Hujum uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmagan. Xabarlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlariga hujum “Islomiy davlat” terroristik guruhi jangarilari tomonidan qilingan.
LiveBarchasi