Suriya qamoqxonasidan mingdan ortiq ISHID a’zolari qochib ketdi

Olam

image

Suriyaning shimoli-sharqidagi Esh-Shaddada shahrida Iroq va Shom islom davlati (ISHID) terroristik guruhiga mansub taxminan 1,5 ming nafar askar qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda “Rudaw” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, qochgan askarlar go‘yoki Suriya hukumat kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tuzilmalar tomonidan ozod qilingan. Manba qochqinlar turli guruhlarga qo‘shilib ketganini bildirgan. 

Suriya Ichki ishlar vazirligi qochish haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan, biroq rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qamoqxonadan tashkilot safiga mansub taxminan 120 nafar mahbus qochib ketgan. Mudofaa vazirligi esa ularni ozod qilishda aynan Suriya Demokratik kuchlarini (SDK) ayblab, guruh rahbariyatini mahbuslarning qochishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan har qanday o‘ylamasdan tashlanadigan qadamlardan ogohlantirgan.

“Reuters” agentligining xabar berishicha, Suriya Mudofaa vazirligi qochish voqeasidan so‘ng  Esh-Shaddada shahriga armiya va maxsus bo‘linmalari kiritilganini e’lon qilgan. Idora ma’lumotiga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari 81 nafar shaxsni qo‘lga olgan. Qolgan mahbuslarni ham hibsga olish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning dekabr oyi oxirida SDK tuzilmalari bilan Suriya armiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar avj olgan edi. 10 yanvarga kelib hukumat qo‘shinlari Shayx-Maqsud va Ashrafiya tumanlarini o‘z nazoratiga olgan. 18 yanvar kuni Suriya Demokratik kuchlari va Suriya hukumati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolangan, biroq OAVga ko‘ra, bu kelishuv mamlakatdagi keskinlikni to‘liq bartaraf eta olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya IShID

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing