Suriya armiyasi chegaraoldi hududining katta qismini nazoratga oldi

Olam

image

Suriya hukumat armiyasi Turkiya va Iroq chegarasidagi katta hudud nazoratini o‘z qo‘liga oldi. Bu haqda Rossiya TIV vaziri Sergey Lavrov ma’lum qilgan.

“Terrorchilar tomonidan egallangan yerlar, hududlar qisqarib bormoqda. Nazoratga olingan hududlarda vaziyat yaxshilanmoqda. Va, albatta, Idlib va mamlakatning shimoli-sharqidagi hududlarni terrorchilardan tozalash ishlari davom etmoqda”, deb ta’kidlab o‘tgan u BMT maxsus elchisi Geyr Pedersen bilan suhbatda.  

Avvalroq, Geyr Pedersen 24 oktabr kuni Moskvaga tashrif buyurishi va Suriya masalasida Sergey Lavrov va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Pedersenning rasmiy vakili Jennifer Fentonning ma’lum qilishicha, maxsus elchi keyingi hafta Damashqda bo‘ladi, so‘ngra BMT Xavfsizlik Kengashi brifingida ishtirok etadi.  

Ma’lumot o‘rnida, Suriyadagi qurolli mojarolar 2011 yildan buyon davom etmoqda. 2017 yilning oxirida ISHID terrorchilik tashkiloti ustidan g‘alaba qilingani e’lon qilingan edi. Ayni paytda mamlakatning ayrim tumanlarida hamon qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.  

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya Turkiya Iroq

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing