Suriya hukumati Halab aeroportini yopdi
Olam
−
30 noyabr 2024
2415Suriya armiyasi Halab shahriga va undan tashqariga olib boradigan asosiy yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Suriya hukumati Halab aeroportini va shaharga olib boradigan barcha yo‘llarni yopdi. Buning sababi Suriya Prezidenti Bashar Asadga qarshi isyonchilar Halab markaziga yetib borganliklari”, deydi harbiy manbalar.
Ta’kidlanishicha, faqat harbiylargina nazorat punktlari orqali o‘tishlari mumkin. Shuningdek, hukumat qo‘shinlariga jangarilar kirgan shaharning asosiy tumanlaridan ehtiyotkorlik bilan chiqib ketishni buyurgan.
Qayd etilishicha, jangarilar sakkiz yil ichida birinchi marta Halab shahriga qaytib kelgan. 2016 yil oxiridan beri Suriya armiyasi Rossiya ko‘magi bilan shaharni ozod qilib kelmoqda. Shundan buyon shahar ilk bor hujumga uchramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning “Hayat Tahrir ash-Shom” (HTSH) radikal guruhi jangarilari va ularning ittifoqchilari Suriya armiyasi bilan olib borilgan shiddatli janglarda mamlakat shimoli-g‘arbidagi o‘nlab shahar va qishloqlarni egallab, Halab shahriga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi. Ushbu yurishlar davomida 55 kishi halok bo‘lgan. Shimol va shimoli-g‘arbda Halab va Idlib viloyatlarida 50 dan ortiq qishloq va shaharcha HTSH va ittifoqdosh guruhlar nazorati ostiga o‘tgan. Shuningdek, Halab sharqidagi Nayrab aviabazasiga ham hujum qilingan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi