Surxondaryoda savdo majmuasi yonib ketdi
Jamiyat
−
14 fevral 2019
9346Kecha, 13 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani, “Do‘stlik” mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan 2 qavtli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.
Majmua “Marjona” MCHJga qarashli bo‘lib, yong‘in oqibatida 70 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘indan majmuaning 80 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi