Superliganing eng qimmat futbolchisi e’lon qilindi

Sport

image

Transfermarkt portali O‘zbekiston Superligasidagi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangiladi. Unga ko‘ra, “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matov Superliganing eng qimmat futbolchisi sifatida qayd etildi.

Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng, Abduvohid Ne’matovning narxi 1,5 million yevro deya baholandi. Ikkinchi o‘rinda 1,3 million yevro bilan “Paxtakor” futbolchisi Hojimat Erkinov turibdi. Shuningdek, 1,2 million yevro qiymat bilan Sherzod Nasrullayev, Lyupcho Doriyev, Xojakbar Alijonov va Igor Sergeyevlar Superliganing eng qimmat futbolchilari qatorida joylashgan. OKMK futbolchisi Xurshid G‘iyosov va “Neftchi” yarimhimoyachisi Jamshid Iskanderovning qiymati esa 1 million yevroga teng.

Yangilangan reyting natijasida Superligada eng ko‘p narxi oshgan futbolchi “Paxtakor” himoyachisi Xojakbar Alijonov bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma himoyachisining qiymati 400 ming yevroga ko‘tarilib, 1,2 million yevroga yetdi.

Narxlari eng ko‘p tushgan futbolchilar qatorida “Paxtakor” futbolchisi Hojimat Erkinov yetakchi bo‘lib turibdi. Uning bozor qiymati 0,2 million yevrodan kamayib,  1,3 million yevrogacha tushgan. “Paxtakor”ning yana bir futbolchisi Diyor Xolmatovning ham bozor narxi 150 mingdan arzonlab 450 ming yevroga tushgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 noyabr kuni Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” klubini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 24 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston chempioni bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Transfermarkt Abduvohid Ne'matov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing