Superliga: bugun Qo‘qonda vodiy derbisi bo‘ladi
Sport
−
01 avgust 2021
3245Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekiston Superligasining 13-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
“Qo‘qon-1912” Yaypanda Namanganning “Navbahor” klubini qabul qilsa, Navoiyning “Qizilqum” jamoasi Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo‘ladi. Har ikki uchrashuv ham soat 20:00 da boshlanadi.
Superliga turnir jadvalida “Qo‘qon-1912” 15 ochko bilan 9, “Navbahor” 14 ochko bilan 10, “Metallurg” 16 ochko bilan 8 va “Qizilqum” esa 20 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Kecha, 31 iyul kuni uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Toshkent derbisida turnir peshqadami “Paxtakor” jamoasi “Bunyodkor” bilan bahs olib bordi va Dragan Cheranning goli evaziga g‘alaba qozondi. “So‘g‘diyona” va OKMK jamoalari o‘rtasidagi markaziy o‘yinda hisob ochilmadi.
Farg‘ona vodiysining boshqa jamoalari “Andijon” hamda “Turon” 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvda yaypanliklar Sunnat Abdullajonovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsalar, ikkinchi taym boshida andijonliklar futbolchisi Pavel Zabelin muvozanatni tikladi.
LiveBarchasi