Superkompyuter Portugaliyaning Yevro-2024'dagi chempionlik imkoniyatini past baholadi

Sport

image

“Opta” superkompyuteri “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasining 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronalduning faoliyatidagi ikkinchi marta Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini baholadi.

Superkompyuter Portugaliyaning 2024 yilgi Yevropa chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyatini 9,2 foizga baholamoqda. Statistik agentlik Angliya terma jamoasini favorit deb hisoblamoqda (19,9 foiz). 

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi. Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa 1/8 finalga yo‘l oladi. Turnirning pley-off bosqichi Olimpiya tizimi bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan jamoalarni chiqarib tashlash bilan o‘tkaziladi.

Portugaliya terma jamoasi turnirdagi yurishini “F” guruhidan boshlaydi. Roberto Martines shogirdlariga guruhda Turkiya, Gruziya va Chexiya terma jamoalari raqiblik qiladi. 

Qayd etish joiz, Portugaliya terma jamoasi Fransiyada o‘tkazilgan Yevro-2016'da g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing