Super o‘rta vaznda mutlaq chempionlik jangi: Kanelo-Plantga qarshi ringga chiqadi

Sport

image

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida WVC, WVA va WVO yo‘nalishlarining chempioni meksikalik Saul Alvares joriy yilning noyabr oyida mutlaq Jahon chempionligi uchun IBF oltin kamari sohibi amerikalik Kaleb Plantga qarshi jang o‘tkazadi. Bu haqda Alvaresning promouteri Eddi Xirn ma’lum qildi. 

“Jang uchun rasman shartnoma imzolanmadi, lekin bu bahs, albatta bo‘ladi. Kanelo buning uchun hamma narsaga tayyor. O‘ylashimcha, Plant ham shuni xohlaydi. Katta ehtimol bilan jang noyabr oyida o‘tkaziladi”, deydi Xirn.

Vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli bokschisi hisoblangan Saul Alvares faoliyati davomida 59 marta ringga ko‘tarilib, 56 tasida raqiblarini mag‘lab etgan. Yagona mag‘lubiyatini Floyd Meyveyzerdan qabul qilib olgan. Ikki bor durang natija qayd etgan. Kaleb Plant esa 21 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, Kanelo so‘nggi bor joriy yilning 8 may kuni britaniyalik Billi Jo Sondersni nokautga uchratib, WBO chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Kaleb Plant joriy yil 31 yanvar kuni 3-marta o‘zining IBF kamarini himoya qilgan va amerikalik Kaleb Trueksni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC IBF WBO Eddi Xirn Prof boks Kanelo Saul' Al'varez Kaleb Plant Mutlaq chempionlik jangi

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing