Sunnatilla Abdullayev QALAMPIR.UZ Bosh muharriri lavozimiga tayinlandi

Jamiyat

image

Tahririyatdagi ko‘p yillik faoliyati, tajribasi, yutuqlari va saytning faoliyatida qo‘shgan hissasini inobatga olib, Abdullayev Sunnatilla To‘xtamurod o‘g‘li 1.06.2020 yildan QALAMPIR.UZ internet-nashri Bosh muharriri v.b. lavozimiga tayinlanadi.

Sunnatilla Abdullayev 1996 yilning 12 fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan, mutaxassisligi bo‘yicha filolog. 2018 yilning mart  oyidan buyon QALAMPIR.UZ internet nashrida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Sunnatilla Abdullayev tirishiqoqligi, mas’uliyati va masalaga ob’ektiv baho berishi bilan jamoada hurmat qozongan. U geosiyosat, dunyoda ro‘y berayotgan voqea hodisalar va xalqaro terrorizm, odam savdosi kabi mavzulardagi tahliliy maqolalari, jamiyatdagi korrupsiya kabi illatlar haqidagi tanqidiy chiqishlari orqali o‘quvchilar e’tiborini qozongan. 

Sunnatilla Abdullayev ingliz, fors, arab, rus tillarini mukammal biladi. U 2019 yil XIII “Oltin qalam” milliy mukofoti xalqaro tanlovida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan ta’sis etilgan mukofotni qo‘lga kiritdi. 

Sunnatilla Abdullayev QALAMPIR.UZ internet nashri Bosh muharriri v.b. lavozimida joriy yilning 1 iyun kuni ish boshladi. U bugun, 2 iyun kuni ta’sischilar kengashi ishtirokida o‘tgan onlayn-majlisda jamoaga tanishtirildi. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

122

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing