So‘nggi ikki kunda 7-universitet karantinga yopildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti karantinga yopildi. Bu haqda universitet o‘z ijtimoiy sahifalarida xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlari ertaga 21 apreldan 14 kunlik masofaviy ta’lim shakliga o‘tkaziladi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar esa bugunning o‘zidayoq o‘z uylariga jo‘natiladi.

Aniqlanishicha, rus filologiyasidan bir nafar, rus filologiyasi kechki ta’lim bo‘limidan bir nafar, tarjimonlik fakultetidan uch nafar talabadan va OTMning bir nafar professor-o‘qutuvchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.     

Kecha, 19 aprel kuni O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti karantinga yopilib, masofaviy ta’limga o‘tgani haqida xabar bergan edik.   

Bugun esa Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Samarqand veterenariya meditsinasi instituti karantinga yopildi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing