So‘nggi 7 yilda aholi daromadi va to‘lov qobiliyati ikki karra o‘sdi
Jamiyat
−
07 fevral 2025 2427 1 daqiqa
O‘zbekistonda so‘nggi yetti yilda aholi daromadi va to‘lov qobiliyati 2 karra o‘sgan. Buning natijasida aholida yangicha xizmat va servis turlariga talab ortmoqda. Bu haqda bugun, 7 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Videoselektorda uch yil oldin qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur bugun natijasini berayotgani ta’kidlandi. Bildirilishicha, qo‘shimcha 1,5 million aholi servis sohasida doimiy daromadga ega bo‘lgan. Xizmatlar 2018 yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollarga oshgan (o‘sish – 3,5 barobar).
Qayd etilishicha, ayniqsa, IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” bo‘ldi.
So‘nggi yetti yilda aholi daromadi va to‘lov qobiliyati 2 karra o‘sgani natijasida aholida yangicha xizmat va servis turlariga talab ortmoqda. Shunga yarasha vazirlar va hokimlar talabga mos ravishda xizmatlarni rivojlantirishi kerakligi qayd etildi.
Live
Barchasi